19 avgust kuni Farg`ona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e`lon qilingan X.J.ni qo`lga olishdi.
Bundan tashqari, Uchko`prik tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan qidiruv e`lon qilingan Q.A.ni qo`lga olishdi.
"Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo`limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta`minlanadi",deyiladi IIB xabarida.