1

DTM test sinovlarining dastlabki yakunlari bo`yicha ma`lumot berdi

Jamiyat 20.08.2021, 17:48
Teglar: DTM
DTM test sinovlarining dastlabki yakunlari bo`yicha ma`lumot berdi

2021-2022-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari 2021 yil 5 avgustdan 16 avgustga qadar 12 kun davomida kuniga 2 smenada bo`lib o`tdi.

Test sinovlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tanlab olingan 53 ta ochiq maydon (stadion va xiyobon) da o`tkazildi.

Unda ishtirok etishi belgilangan 948 211 nafar abiturientdan 892 242 nafari (94,1%) ishtirok etgan bo`lsa, 55 969 nafari (5,9%) turli sabablarga ko`ra test sinovlarida ishtirok etmadi.

Test sinovlarida eng ko`p abiturient Toshkent shahri (172 400 nafar) hamda Qashqadaryo (91 855 nafar) va Samarqand (85 987 nafar) viloyatlarida ishtirok etdi.

Jami 563 nafar (948 211 nafardan) abiturient, jumladan 328 nafari (892 242 nafardan) test sinovi jarayonida, 235 nafari (55 969 nafardan) hududga kirishda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

Test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abiturientning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligini aniqlanganligi sababli boshqa abiturientlarning salomatligini o`ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmadi. Ular uchun 30-avgustga qadar qo`shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Hududga kirishda barcha abiturientlar shaxsni identifikasiyalash vositalari (videofiksasiya, barmoq izi skaneri) orqali shaxsi tasdiqlangan holda test sinovlariga kiritildi. Test sinovi jarayoni to`liq videokuzatuv ostida o`tkazilib, test2021.uz sayti orqali onlayn translyasiya qilib borildi.

Abiturientlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq my.dtm.uz sayti orqali o`zlari ishlagan javoblar varaqasining rangli skaner qilingan holatini yuklab olishlari va test sinovida to`plagan ballarini bilishlari mumkin bo`ldi.

Shuningdek, test sinovlarida shaffoflikni yanada oshirish maqsadida mandat.dtm.uz sayti ishga tushirilib, mazkur sayt orqali abiturientlarga boshqa abiturientlarning natijalari bilan ham tanishib borish imkoniyati yaratildi.

Test natijalariga ko`ra 75 nafar abiturient maksimal 189 ball to`plashga muvaffaq bo`ldi. Eng ko`p maksimal ball olgan abiturientlar Toshkent davlat yuridik universiteti (22 nafar), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (13 nafar) hamda O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (11 nafar) ni tanlaganlar orasida kuzatildi.

Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abiturientlarning test natijalari e`lon qilingan bo`lib, tana harorati yuqori bo`lgan va koronavirusga chalingan abiturientlar uchun qo`shimcha test sinovlari o`tkazilgandan so`ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va Davlat komissiyasining bayoni bilan e`lon qilinadi.

Yuqoridagi xabarda qayd etilganidek, test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abiturientning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligini aniqlanganligi sababli boshqa abiturientlarning salomatligini o`ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo`shimcha test sinovlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari mazkur test sinovlarida koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmagan va 16-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilgan abiturientlar ham qatnashishi belgilangan.

16-avgustga qadar 1 200 nafardan ziyod abiturient koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmaganligi to`g`risida ariza bilan murojaat qilgan bo`lib, hozirda ularning ma`lumotlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o`rganib chiqilmoqda.

Tana harorati yuqori bo`lgan va koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqan abiturientlar uchun qo`shimcha test sinovlari qaysi sanada o`tkazilishi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasi asosida belgilanadi.

Sharhlar

Kirish imtihonlarida telefon yoki shpargalka bilan qo`lga tushgan abiturientlar 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin

30.03.2022, 11:46

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida DTM direktori Majid Karimov ma`lum qildi. "Kirish imtihonlarida tartib buzgan, taqiqlangan narsalardan foydalangan abiturientlar test jarayonlaridan chetlashtiriladi. Agar chetlashtirish...
Mandat bugun e`lon qilinadi — DTM

03.09.2021, 15:01

2021-2021-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari bo`yicha tanlov natijalari 3 sentabr kuni e`lon qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi...
Nima uchun tugagan test sinovlari "Botanika bog`i" da bugun ham davom etmoqda? DTM izoh berdi

17.08.2021, 17:49

Davlat test markazi  "Botanika bog`i" da bugun ham davom etgan  test sinovlariga quyidagicha izoh berdi.Unga ko`ra,  bo`lib o`tayotgan test sinovlari Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent...
Ijtimoiy tarmoqlarda test materiallari tarqalayotgani rostmi? DTM javob berdi (foto)

14.08.2021, 17:35

Ijtimoiy tarmoqlarda test materiallari tarqalayotgani rostmi? DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan axborot berdi. Unga ko`ra, kimyo test topshiriqlari aks etgan 1878112 raqamli test topshiriqlari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1