Jizzax viloyati Forish tumani Uchma mahalla fuqarolar yig`inidagi ichki yo`lda viloyatning Do`stlik tumani Saritepa mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi shaxs “GAZ-53” boshqaruvini yo`qotdi. Oqibatda yuk mashinasi ag`darilib, haydovchi olingan tan jarohatlari natijasida voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.