Bu haqida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
- Qaromog`ida/xonadonida bemorga qarashi lozim bo`lgan talabalar;
- sog`ligi tufayli o`qishga kelish imkoniyati bo`lmagan talabalar;
- sog`ligiga ko`ra uyda qolishi kerak bo`lgan xomilador ayol talabalar;
- chaqalog`i bor yosh talaba onalar;
- xarbiy xizmatni o`tamoqchi bo`lgan talabalar va boshqa asosli sabab ko`rsatgan talabalar akademik ta`til olishlari mumkin bo`ladi.
O`tgan davrdagi akademik ta`tildan xozirgisining farqi talaba o`qishdan chetlatilmaydi.
Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik ta`til olishga sabab bo`lgan omilni ko`rsatgan holda ariza yozadi va ma`lumotnoma (spravka) taqdim qiladi.