AsosiyJamiyat

Jazo muddatini o`tayotganlarga ID-kartalar topshirilib, saylovda ishtirok etishlari ta`minlanmoqda

'Jazo muddatini o`tayotganlarga ID-kartalar topshirilib, saylovda ishtirok etishlari ta`minlanmoqda'ning rasmi

Xabaringiz bor, yaqin Prezident sayloviga ham ozi muddat qoldi. Shu munosabat bilan Oliy majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili tashkilotlar bilan hamkorlikda O`zbekistondagi jazoni ijro etish muasasalarida jazo muddatini o`tayotgan mahkumlar orasida fuqarolik pasportiga ega bo`lmagan, shuningdek, pasportining amal qilish muddati o`tgan shaxslarni aniqlab, ularni yangi namunadagi ID-kartalar bilan ta`minlash maqsadida bir necha Jazoni ijro etish koloniyalarida uchrashuvlar tashkil qildi. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, mahkumlarga yangidan joriy qilingan ID-kartalarning ahamiyati, ularni rasmiylashtirish va foydalanish tartibi to`g`risida kerakli ma`lumotlar berilgan. 

Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o`tayotganlar, o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha xodimlari tomonidan javob olishgan. Shundan so`ng ID-karta uchun suratga olish, maxsus moslamaga elektron imzo va barmoq izlarini joylash amaliyoti bajarilgan.

Ushbu tashabbus bilan ma`lum sabablarga ko`ra, fuqarolik pasportiga ega bo`lmagan 376 nafar mahkumga ID-kartalar topshirilishi ko`zda tutilgan. Qonun normalarida, ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan va uncha og`ir bo`lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilganlar saylovda ovoz berish huquqiga ega ekanligi belgilangan. 

"Yangi ID-kartalariga ega bo`lgan mahkumlar  muhim siyosiy jarayon, O`zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovlarida ishtirok etishlari mumkin bo`ladi.", deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar