AsosiyJamiyat

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayishi prognoz qilinmoqda

'Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati biroz pasayishi prognoz qilinmoqda'ning rasmi

Bu hafta davomida tog`li hududlarda asosan tinch ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida 23-24 avgust kunlari tog` va tog` oldi hududlarda mahalliy momaqaldiroqli yomg`irlar yog`ishi mumkin", — deya xabar bermoqda Gidrometerologiya xizmati.

Unga ko`ra haftaning birinchi yarmida respublika hududida me`yordan 2-3° ga yuqori bo`lgan issiq ob-havo saqlanib turadi va faqat haftaning ikkinchi yarmida harorat foni asta-sekin pasayishni boshlaydi. Hafta davomida harorat kechalari 17-22°, kunduz kunlari 23-26 avgustda 33-38°, 27-28 avgustda 31-36° atrofida bo`ladi.

Xabarga ko`ra, ob-havo sharoitiga ko`ra avgust oyi O`zbekistonda yilning eng barqaror vaqti hisoblanadi. Ushbu davrda yog`ingarchilik juda kam yog`adi va u juda kuchsiz bo`ladi. O`zgidromet xizmatining kuzatuv ma`lumotlariga ko`ra, respublika hududining katta qismida oylik yog`ingarchilik me`yori va avgust oyida yog`ingarchilik bo`lgan kunlar soni iyul oyiga nisbatan kamroq.

Boshqa yangiliklar