Joriy yilning shu paytiga qadar chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash maqsadida 278 ta chorvachilik subektiga 34 mlrd 143 mln so`m subsidiya ajratildi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi ma`lum qildi.
Unga ko`ra, import qilingan naslli qoramollar uchun 209 ta chorvachilik subektiga 9956 bosh mol uchun 19 mlrd 912 mln so`m, import qilingan naslli qo`y-echkilar uchun 21 ta fermer xo`jaligiga 8191 bosh mayda mol uchun 3 mlrd 291 mln so`m subsidiya berilgan.
Shuningdek, import qilingan bir kunlik jo`jalar uchun 15 ta xo`jalikka 699414 bosh parranda uchun 6 mlrd 294 mln 726 ming so`m ajratilgan.
O`zbeksitonda etishtirilgan naslli qoramollar uchun 14 ta xo`jalikka 966 bosh qoramol uchun 966 mln so`m, baliqchilik xo`jaliklari tomonidan intensiv usulda etishtirilgan baliqlar uchun esa 19 ta xo`jalikka 3678 tonna baliq uchun 3 mlrd 378 mln 628 ming so`m subsidiya berilgani ta`kidlanmoqda.