AsosiyJamiyat

Xorazmda fotihasi buzilgani uchun o`z joniga qasd qilgan qizning jasadi hamon qidirilmoqda

'Xorazmda fotihasi buzilgani uchun o`z joniga qasd qilgan qizning jasadi hamon qidirilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Singlimning jasadi 10 kundan beri suvda yotibdi” – Xorazmda fotihasi buzilgan qiz o`zini kanalga tashladi” sarlavhasi ostida e`lon qilingan ma`lumot bo`yicha Favqulotda vaziyatlar vazirligi rasmiy  munosabat berdi.

Fuqaroning suvga cho`kkanligi haqidagi xabar kelib tushgan vaqtdan boshlab, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan “Toshsoqa” chap qirg`oq kanalida suvda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Kanal oqimi bo`ylab, Tuproqqal`a, Xazorasp, Bog`ot, Xonqa tumanlari, Urganch shahar va tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limlaridan mas`ul xodimlar qidiruv ishlariga safarbar etilgan.  

Shuningdek, qidiruv-qutqaruv jarayoniga barcha aloqador xizmatlar ham jalb qilingan bo`lib, mavjud imkoniyatlardan to`liq foydalanilmoqda.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar