AsosiyJamiyat

Kimlar vaksina olmasligi mumkin? SSV aniqlik kiritdi

'Kimlar vaksina olmasligi mumkin? SSV aniqlik kiritdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirining  buyrug`i bilan -sanitariya muassasalarida 18 va undan yuqori yoshdagi aholini SOVID-19ga qarshi emlash tartiblariga ko`ra,  emlashga qarshi vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, komissiya tomonidan taqdim qilinadigan tibbiy cheklov to`g`risida ma`lumotnomada quyidagilar aks etadi:

Vaqtinchalik qarshi ko`rsatmalar:

  • Koronavirus kasalligining o`tkir shakli bo`lan og`rigan bemorlar;
  • laboratoriyada SOVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilar bo`lmagan shaxslar;
  • koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganlar karantin muddati tugaganidan keyin emlanadi.

Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar:

  • Anamnezida og`ir allergik reaksiyalari (anafilaktik shok) bo`lgan shaxslar (tasdiqlovchi tibbiy hujjat bo`lganda);
  • homilador va emizikli ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to`g`risida ma`lumot etarli emasligi sababli);
  • 18 yoshgacha bo`lgan bolalar;
  • anamnezida tug`ma yoki orttirilgan immunotanqislik holati, OIV infeksiyasi bo`lgan bemorlar;
  • vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo`lgan shaxslar.

 

"Unutmang, SOVID-19 vaksinasiyasiga qarshi ko`rsatmalar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oilaviy shifokori tomonidan aniqlanadi va cheklov to`g`risida xulosa berish maqsadida maxsus komissiyaga yuboriladi. Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.

Koronavirus infeksiyasining o`tkir shakli simptomlari bo`lgan bemorlar, shuningdek, laboratoriyada SOVID-19ga musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan (simptomsiz) shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan so`ng emlanadi.

JSSTning tavsiyalariga asoslangan xolda SOVID-19 kasalligidan sog`aygan va reabilitasiya davrini o`tkazgan shaxs shifokor ruxsati bilan 3-6 oydan so`ng emlanishi mumkin", — deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar