1

Migrantlarga Rossiyada qolish uchun 30 sentyabrgacha hujjatlarni rasmiylashtirish tavsiya qilinmoqda

Jamiyat 26.08.2021, 17:04
Teglar: Rossiya, Migrant
Migrantlarga Rossiyada qolish uchun 30 sentyabrgacha hujjatlarni rasmiylashtirish tavsiya qilinmoqda

Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi xorijiy davlatlar fuqarolariga koronavirus pandemiyasi tufayli berilgan engillik muddati tugayotgani munosabati bilan 2021 yil 30 sentyabrgacha barcha hujjatlarni rasmiylashtirishni tavsiya qildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi xabar berdi.

Rossiya Prezidentining joriy yil 15 iyundagi farmoni bilan 2020 yil 15 martgacha Rossiyaga kelgan va 2021 yil 16 iyun holatiga ko`ra, mamlakatda qolish uchun qonuniy asosga ega bo`lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar joriy yil 30 sentyabrga qadar Ichki ishlar vazirligining hududiy organlariga murojaat qilib, maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgan edi.

Ta`kidlanishicha, mazkur farmon bilan Rossiyada migrasiya qonunchiligini buzgan mehnat migrantlarini mamlakat hududidan majburan chiqarib yuborish pandemiya davrida vaqtincha bekor qilingan. Joriy yil 1 oktyabrdan ushbu tartib qayta joriy etiladi, ya`ni migrasiya qonunchiligini buzgan, shu jumladan Rossiya bo`lish va ishlash huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo`lmagan mehnat migrantlari mamlakat hududidan majburan chiqarib yuboriladi va keyinchalik Rossiyaga kirishiga ma`lum muddat uchun taqiq qo`yiladi.  

Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining qayta ogohlantirishnomasida  «Farmonda belgilangan me`yorlarning amal qilish muddati yaqinlashishi munosabati bilan, migrasiya markazlari va Rossiya IIV hududiy organlarida navbatlarning oldini olish maqsadida, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga hujjatlarni o`z vaqtida olish hamda vakolatli tashkilotlar xodimlari nisbatan kamroq band bo`lgan vaqtda, ya`ni kuning ikkinchi yarmida tashrif buyurishni tavsiya qiladi», deyiladi.

Eslatib o`tilishicha, qamoqdan ozod qilingan, Rossiya davlat chegarasi to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzgan, mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi, konstitusiyaviy tuzum asoslarini zo`ravonlik bilan o`zgartirish tarafdori bo`lgan, terroristik yoki ekstremistik harakatlarni amalga oshirishga ko`maklashuvchi yoki ularni sodir etuvchi xorijiy fuqarolar 30 sentyabrga qadar mamlakatda bo`lish va ishlash uchun qonuniylashtirishga ruxsat berilganlar toifasiga kirmaydi.

Ma`lumot o`rnida aytilishicha, hozirgi vaqtda Rossiyada MDH davlatlarining 700 mingdan ortiq noqonuniy fuqarolari bor. Joriy yil aprel oyida nolegal fuqarolar soni 1 mlndan ortiq edi.

Sharhlar

Qozog`istondan 120 dan ortiq xorijlik chiqarib yuborildi

18.03.2024, 12:51

Qozog`istondan 120 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Polisia.kz.“Migrant” tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kun davomida 10 mingdan ortiq migrasiya qonunchiligi...
Rossiyadagi eri bilan janjallashgan ayol farzandlarini kaltakladi. Onaga nisbatan jinoiy ish ochildi (video)

15.07.2023, 09:45

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 1996 yilda tug`ilgan ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga etmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga...
Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
Daniyalik siyosatchi Rossiyadagi elchixona oldida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi

30.01.2023, 12:54

Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1