Bu haqda Namangan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Qahramon Sattorov “Zamon.uz”ga ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 avgust kuni Mingbuloq tumani Gurtepa mahallasida yashovchi 10 yoshli S. ko`chaga o`ynagani chiqib ketib, uyiga qaytib kelmagan. Bundan xavotirga tushgan bobosi uni izlaydi. Oqibatda, o`zlari istiqomat qiladigan mahalladan oqib o`tuvchi Ohunboboev kanali qirg`og`idan nabirasining kiyimlari va velosipedini topib oladi.
Taxminlarga ko`ra, bola kanalga cho`milishga tushgan va qaytib chiqmagan. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo`limlari tomonidan tezkor-qidiruv ishlari natijasida bir kunda bolaning jasadi kanalga tushgan joyidan 25 km uzoqlikdan topildi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Xorazmda o`zini kanalga tashlagan qizning chirigan jasadi topilgani hamda Farg`onada eri bilan janjallashib qolgan 22 yoshli ayol o`zini Katta Farg`ona kanaliga tashlab, cho`kib ketgani haqida xabar berilgandi.