AsosiyJamiyat

SSV fuqarolardan vaksinasiya borasida provokasion xabarlar tarqatmaslikni so`radi

'SSV fuqarolardan vaksinasiya borasida provokasion xabarlar tarqatmaslikni so`radi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda vaksina olgan ayol gapirmaydigan, o`rnidan turolmaydigan bo`lib qoldi", mazmunidagi xabarlar tarqaldi.  

Namangan shahrida yashovchi ayol Z.A. bilan bog`liq holat shu vaqtning o`zidayoq Sog`liqni saqlash vazirligi nazoratiga olindi. Tezkor ishchi guruh tuzildi, vaziyat bevosita o`rganilmoqda.

Dastlabki o`rganishlarga ko`ra, 1968 yilda tug`ilgan fuqaro Z.A. koronavirusga qarshi vaksinaning faqatgina bitta dozasini bundan ikki oy oldin, ya`ni joriy yilning 28 iyun kuni olgani ma`lum bo`ldi. Shu ma`lumotning o`ziyoq fuqaroning sog`lig`idagi o`zgarish emlash jarayonlariga mutlaqo bog`liq emasligini aniq ko`rsatadi.

Ayni damda fuqaro Z.A.ning holati to`liq tibbiy nazoratga olingan. Vaziyat yuzasidan o`rganishlar yakunlangach, qo`shimcha ma`lumot beriladi.  

Shu o`rinda Sog`liqni saqlash vazirligi bu kabi provokasion va feyk xabarlar tarqatib, aholi orasida vaksinasiya jarayonlariga ishonchsizlik paydo qilishga urinishdan tiyilishni so`rab qoladi.

Boshqa yangiliklar