Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida barpo etilgan "Yangi O`zbekiston" bog`ida Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, 2021 yil 31 avgust hamda 1-2 sentyabr kunlari mazkur bog` atrofida, Temur Malik hamda Ohangaron shoh ko`chalari kesishmasidan boshlab "Maxtumquli-Istiqlol" avtomobil yo`li bo`ylab 4R-12 "Bektemir-Chorbog`" avtomobil yo`ligacha bo`lgan masofada transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.
Tirbandliklarni oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo`llardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Barcha haydovchilardan bayram tadbirlari vaqtida tartibga soluvchilarning ishoralari hamda yo`l belgilari talablariga rioya qilishlarini so`raymiz.