1

“O`zbekneftgaz”: “Mustaqillikning 30 yilligi” ko`krak nishoni tantanali ravishda topshirildi (Foto)

Jamiyat 30.08.2021, 13:00
Teglar: O`zbekneftgaz, Mustaqillikning 30 yilligi, ko`krak nishoni
“O`zbekneftgaz”: “Mustaqillikning 30 yilligi” ko`krak nishoni tantanali ravishda topshirildi (Foto)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tomonidan ta`sis etilgan “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko`krak nishoni bilan “O`zbekneftgaz” AJ va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan xodimlar ham taqdirlanishdi.

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev mukofotga loyiq deb topilgan har bir ishchi-xodimga ko`krak nishonini shaxsan tantanali ravishda topshirdi.

Boshqaruv raisi bu mukofot erishilgan ajoyib natijalarga mukofot bo`libgina qolmay, oldinda turgan vazifalar ijrosi yo`lida motivasiya ekanligini ham bildirdi.

Boshqaruv raisi ko`krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlarni neft va gaz sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko`p yillik samarali mehnati hurmatga sazovor ekanini bildirdi.

Shuningdek, “O`zbekneftgaz” AJ neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, qayta ishlash zavodlari, neft bazalarida samarali faoliyat olib borayotgan 140 nafar xodim O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Boshqaruv raisining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi. 

Sharhlar

Qarshida o`tkazilayotgan hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz”ga qarashli korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda

07.10.2022, 10:15

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan “Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy...
“O`zbekneftgaz” dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatdi

18.01.2022, 21:11

So`nggi yillarda Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan transformasion jarayonlar  neft-gaz tarmog`iga ham ijobiy tasir ko`rsatmoqda .Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning neft-gaz tarmog`i rivojlanishiga qaratayotgan...
“O`zbekneftgaz”: Qarshi shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo`lib o`tmoqda (Foto)

12.11.2021, 09:06

 2021 yil 11-12 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, to`qimachilik, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy sanoat yarmarkasi o`tkazilmoqda. Bu haqda...
Mustaqil O`zbekistonda bo`lib o`tgan barcha prezidentlik saylovlari natijalari ma`lum qilindi

25.10.2021, 19:27

O`zbekiston Respublikasi prezidentligiga 30 yil ichida jami bo`lib 6️⃣ marta saylovlar o`tkazildi.1️⃣ 1991 yil 29 dekabr. ✅ Xalq demokratik partiyasidan Islom Karimov (87,1%);➖ «Erk» partiyasidan Muhammad...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1