AsosiyDunyo

Afg`onistonda Panjsher viloyati uchun Tolibonlar va Qarshilik fronti jang qilmoqda

'Afg`onistonda Panjsher viloyati uchun Tolibonlar va Qarshilik fronti jang qilmoqda'ning rasmi

Tolibon Panjsher viloyatining Shotol tumani egallanganini e`lon qildi.

Bakhtar axborot agentligi xabarida aytilishicha, 10 nafar Qarshilik fronti jangchisi o`ldirilgan, bir nechtasi yaralangan. Tolibon ikkita "Xamvi" va bitta pikap mashinasini qo`lga kiritgan.  

Panjsher Qarshilik fronti keyinroq vaziyatga oydinlik kiritdi. 

Unga ko`ra, Ahmad Mas`ud boshchiligidagi Qarshilik fronti Tolibon hujumlarini muvaffaqiyatli qaytargan.  

Tolibon vakillaridan bo`lgan 200 kishi Panjsher viloyati Shotol tumanida o`ldirilgan.

Shuningdek, Tolibon jangarilaridan bo`lgan Parvon viloyati Jabal as Saraj tumanida 20 kishi, Salang dovonida 24 kishi, Andarab vodiysi Bog`lon viloyatida 70 kishi o`ldirilgan.  

130 Tolibon askari qo`lga olingan. Bundan tashqari, Qarshilik fronti tomonidan ko`plab qurol va o`q-dorilar tortib olingan.  

    Boshqa yangiliklar