OTMlarda xalqaro munosabatlar sohasida o`qiyotgan talabalarning amaliyoti O`zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarda tashkil etiladi.
Bu haqda Hukumatning 31 avgustdagi qarorida qayd etilgan.
Amaliyot bir o`quv yilida bir marta 10 kundan kam bo`lmagan va 30 kundan ko`p bo`lmagan muddatlarda, 2 bosqichda amalga oshiriladi. Bu davrda stipendiyalar saqlab qolinadi.
Birinchi bosqichda OTM xorijiy tillarni mukammal o`zlashtirgan iqtidorli 3-kurs talabalarining ro`yxati va ularga berilgan tavsiyanomalar har yili 1 iyulgacha TIVga taqdim etiladi.
Saralab olishda talabalardan S1 darajasidagi sertifikat, o`zlashtirish ko`rsatkichlari 80 ball va undan yuqori bo`lishi, fanlardan qarzdorlik bo`lmasligi talab etiladi.
Ikkinchi bosqichda nomzodlar TIVda qabul qiluvchi tashkilot talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlanib, 20 iyulgacha suhbatdan o`tkaziladi.