4 yilda sudlar tomonidan mahalliy hokimlarning 7 680 ta qarori noqonuniy deb topilgan
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan taqdim etilgan tahlilga ko`ra, Harakatlar strategiyasi doirasida qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qarorlari hamda g`ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish amaliyoti yo`lga qo`yilgan.
Jumladan, 2017-2020 yillarda sudlar tomonidan mahalliy hokimliklar qarori ustidan ko`rib chiqarilgan 17 402 ta ishdan 7 680 tasida mahalliy hokimliklar tomonidan chiqarilgan qaror haqiqiy emas deb topilgan.