AsosiyJamiyat

Prezident ushbu haftada Paralimpiya o`yinlari sovrindorlari bilan uchrashadi

'Prezident ushbu haftada Paralimpiya o`yinlari sovrindorlari bilan uchrashadi'ning rasmi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining yangi haftaning ish mundarijasini ma`lum qildi:

Bugun farmasevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o`tkazilishi rejalashtirilgan.

  • Hafta davomida strategik sohalardagi investisiya loyihalari taqdimoti;  
  • “1 million dasturchi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo`yicha taqdimotlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, davlat rahbari ushbu haftada Paralimpiya o`yinlari sovrindorlari bilan uchrashadi.

9 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoev Tadbirkorlar  va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etishi ham aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar