Ertaga 10 sentyabr kuni “Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” unitary korxonasining yo`lsozlari tomonidan navbatdagi kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu kuni Toshkent – Xojikent – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 2 ta reysi, ya`ni soat 07:10 dagi 6429-sonli Toshkent – Xojikent va soat 10:10 dagi 6430-sonli Xojikent – Toshkent yo`nalishlarida harakatlanadigan shaharlararo yo`lovchi poezdlar qatnovi bekor qilinadi.
Shu kuni soat:
05:20dagi - Xojikent – Toshkent;
06:15dagi - Xojikent – Toshkent;
14:06dagi - Toshkent – Xojikent;
16:42dagi - Xojikent – Toshkent;
17:31dagi - Toshkent – Xojikent;
19:13dagi - Toshkent – Xojikent yo`nalishlardagi shaharlararo yo`lovchi poezdlari harakat jadvali bo`yicha qatnovlarini amalga oshiradi.
Shu kungi boshqa reyslar harakat jadvali bo`yicha o`z vaqtida qatnovlarni amalga oshiradi.
"“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi",—deyiladi xabarda.
Shuningdek, qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi aytilmoqda.