1

Bugun Berdaq haqidagi film premerasi bo`lib o`tadi

Madaniyat 10.09.2021, 11:35
Teglar: Berdaq
Bugun Berdaq haqidagi film premerasi bo`lib o`tadi

Bugun soat 18:00 da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Toshkent pediatriya instituti va “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Amu sohili kuychisi” hujjatli filmi premera qilinadi, deya xabar bermoqda agentlik.

Malum bo`lishicha, mazkur film Qoraqalpog`iston xalq shoiri Berdaq hayoti va ijodi haqida bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olingan. "Xalq yuragi" turkum filmlaridan biri.  

Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.  

Eslatib o`tamiz, kuni kecha Bobur, Abdulla Oripov, G`afur G`ulom hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. 

Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Cho`lpon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premeralari bo`lib o`tishi kutilayotgani aytilmoqda.

Sharhlar

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Berdaq hayotiga bag`ishlangan “Amu sohili kuychisi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda

12.04.2021, 12:36

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan Berdaq hayoti va ijodi haqida “Amu sohili kuychisi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.  Bu haqda “O`zbekkino” Milliy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1