AsosiyJamiyat

Davlat test markazi abiturientlarga tegishli telefon raqamlarini pullayotgan soxta xodimi bo`yicha ma`lumot berdi

'Davlat test markazi abiturientlarga tegishli telefon raqamlarini pullayotgan soxta xodimi bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Joriy yil 9 sentyabr kuni “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash” nomli telegram kanalida “DTM menejeri” nomi bilan minglab abiturientlarga tegishli telefon raqamlari pullanayotganligi to`g`risida xabar e`lon qilindi. Davlat test markazi ushbu holat bo`yicha izoh berdi. 

Unga ko`ra, Davlat test markazida bunday shaxs ishlamaydi va abiturientlarning shaxsiy ma`lumotlari fuqarolarga, o`quv markazlariga yoki turli konsalting firmalarga, umuman uchinchi shaxsga berilmaydi.

"Yuqoridagi rasmda keltirilgan ma`lumot yolg`on va asossiz bo`lib, fuqarolardan turli asossiz va yolg`on xabarlarga ishonmasliklarini hamda tovlamachilar tuzog`iga tushib qolmasliklarini so`raymiz",–deyiladi DTM izohida.

Boshqa yangiliklar