AsosiyMadaniyat

O`zbekistonda Madaniy meros haftaligi doirasida ko`plab fotoko`rgazmalar tashkil etiladi

'O`zbekistonda Madaniy meros haftaligi doirasida ko`plab fotoko`rgazmalar tashkil etiladi'ning rasmi

Joriy yilning 13–21 sentyabr kunlari O`zbekistonning bir nechta shaharlari –Toshkent, Xiva va Nukusda an`anaviy tadbirga aylangan Madaniy meros haftaligining bir qator yorqin madaniy tadbirlari o`tkaziladi. Haftalik doirasida O`zbekiston fuqarolari va xorijlik mehmonlarni mamlakatimiz san`atining noyob durdonalari bilan tanishtirish maqsadida o`ndan ortiq ko`rgazmalar o`tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O`zEOAVMA xabar bermoqda. 

Jumladan, arxeolog, O`rta Osiyo madaniyati tadqiqotchisi Leon Semyonovich Barshevskiyning “O`zbekiston tarixi fotosuratlarda”, “Markaziy Osiyo kartografiyasi: fan va geosiyosat o`rtasida” fotoko`rgazmalari, “O`zbekistonning 100 ta buyuk durdona qo`lyozmalari” nomli fotoko`rgazmalari namoyish etiladi. Shuningdek, Rishton kulolchilik buyumlari ko`rgazmasi, Shahrisabz va Samarqand yodgorliklariga virtual sayohat “Zamonaviy ilm-fanda 3D-texnologiyasi”, videoart, J.Usmonovning “A.Navoiy she`riyati” fotoko`rgazmasi, Milliy bankning numizmatik to`plami ko`rgazmalari va boshqa ko`plab tadbirlar bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar