Joriy yilning 7 sentyabr kuni “Qalampir.uz” veb-sayti jamoasi tomonidan Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 2-mavzeda faoliyat olib borayotgan bir guruh tadbirkorlar murojaatini o`rganish maqsadida borilgan vaqtda, prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlariing tahdidga uchrashganini ma`lum qilib “Toshkentda yana “snos”. Buni yoritishga borgan jurnalist prokuratura va ichki ishlar xodimlari tahdidiga uchradi” mavzusida material e`lon qilingan edi.
Oliy Majlis Senati ushbu holat bo`yicha munosabat berdi:
So`z erkinligi, matbuot erkinligi – demokratiyaning qon aylanish tizimidir, usiz bu tushunchalar faoliyat ko`rsata olmaydi.
Bilamizki, bugun yurtimizda ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash, aholi murojaatlarini keng ommaga olib chiqishda respublikamizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalarining o`rni beqiyosdir.
Oradan, bir necha kun o`tib O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura tomonidan rasmiy munosabat bildirilib, Yunusobod tumani 2-sektor kotibi haqiqatan ham “QALAMPIR.UZ” internet nashri tasvirchisiga olingan videolarni o`chirshini aytib, jurnalistik faoliyatga to`sqinlik qilgani o`z tasdig`ini topganligi ma`lum qildi.
Albatta, OAVda yoritilgan ma`lumot huququni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ochiq tan olinishi, yurtimizda jamoatchilik nazorati shakllanib, qonun normalari ustuvor bo`lgan demokratik erkin fuqarolik jamiyat rivojlanayotganidan dalolat desak adashmagan bo`lamiz.
O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati axborot maydonida qonuniy faoliyat olib borayotgan jurnalistlar va blogerlar, barcha OAV vakillarini doimiy qo`llab-quvvatlaydi.
Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Men haqiqat va adolatni o`z e`tiqodi deb biladigan barcha jurnalistlarni o`zimning eng yaqin do`stlarim” deb bilaman va ular hamisha Prezident himoyasida bo`ladi degan so`zlari barcha OAV vakillariga xizmat vazifalarini bajarishda katta rag`bat beradi.