Namangan viloyatida 64 yoshli erkak o`zining 31 yoshli kelinini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda “Yangi davr” dasturida xabar qilindi.
Ma`lum bo`lishicha, Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumani Yangihayot mahallasida yashovchi fuqaro joriy yilning 7 sentyabr kuni taxminan soat 13:00da yashash xonadoniga kelib, mast holatda o`zi bilan birga yashaydigan kelini bilan tortishib qolgan va unga oshxona pichog`i bilan bir necha marotaba zarba bergan. Oqibatda 30 yoshli ayol olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etdi.
Marhum ayolning 5 va 2 yoshli ikki nafar farzandi bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan 7 sentyabr Uchqo`rg`on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 197-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.