AsosiyJinoyat

Arnasoyda gaz tarmog`idan noqonuniy foydalanganlar faoliyati fosh etildi

'Arnasoyda gaz tarmog`idan noqonuniy foydalanganlar faoliyati fosh etildi'ning rasmi

Arnasoy tumanida gaz tarmog`idan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shahobchasining faoliyati fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.

O`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz quyish shahobchasiga o`rnatilgan elektron gaz hisoblagich trubkasiga muhr o`rnatmasdan gaz sarfini nolga tushirib foydalanib kelganliklari natijasida, “Arnasoy tumangaz” gaz filiali manfaatlariga 459,6 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar