AsosiyJamiyat
4108

Patronaj oyligida 19 milliondan ziyod aholining tibbiy-ijtimoiy holati o`rganildi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida ona va bola salomatligini muhofazalash, reproduktiv salomatlikni asrashda tibbiy patronaj xizmatining rolini oshirish, bu yo`nalishda joylarda faoliyat yuritayotgan salomatlik sektorlarining ishini yanada ommalashtirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi dolzarb vazifalarga bag`ishlangan anjuman bo`lib o`tdi. 

Unda joriy yil 1 martidan 1 aprelga qadar o`tkazilgan patronaj oyligi davomida 33 mingdan ortiq tibbiyot xodimi ishtirok etib, 19 milliondan ziyod aholi, 5,5 milliondan ko`proq oilaning tibbiy-ijtimoiy holatini o`rgangan. 

Mamlakatimizda «Sog`lom ona – sog`lom bola» tamoyili asosida tug`ruq yoshidagi ayollar, bolalar, o`smirlar zamonaviy tibbiy-profilaktika yordami bilan to`liq qamrab olinmoqda. 

Aholiga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatishning sifati va samaradorligini yanada yuksaltirishda patronaj xizmati alohida o`rin tutadi. Bugungi kunda yurtimizda 3 mingga yaqin qishloq vrachlik punkti, 370 ziyod oilaviy poliklinika xalqimizga tibbiy xizmat ko`rsatmoqda. Tizimda 7 mingga yaqin umumiy amaliyot shifokori, 17 mingdan ziyod patronaj hamshira el salomatligi yo`lida ish olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar