AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Eron Prezidentini yuksak davlat lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Eron Prezidentini yuksak davlat lavozimiga saylangani bilan tabrikladi'ning rasmi

Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o`tkazdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Eron Prezidentini yuksak davlat lavozimiga saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, mas`uliyatli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Joriy yil boshidan o`zaro savdo ko`rsatkichlari izchil o`sib borayotgani kuzatilmoqda. Qishloq xo`jaligi, parrandachilik, baliqchilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda biznes loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Savdo-iqtisodiy aloqalar sur`atini davom ettirish va yangi “o`sish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida qo`shma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, “yo`l xarita”si asosida sanoat kooperasiyasini kuchaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatini samarali ishga solish imkoniyatlari vakolatli idoralar darajasida puxta o`rganiladi.

Davlat rahbarlari mintaqa kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan Afg`onistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda ko`rib chiqdilar.

Boshqa yangiliklar