2021 yilning 15 sentyabr kuni soat 15:30larda Pop tumani Uyg`ur mahalla fuqarolar yig`inida yashagan, 1995 yilda tug`ilgan A.D ismli fuqaro Pop tumani Mirzaorol mahalla fuqarolar yig`ini hududidan oqib o`tuvchi “Sirdaryo” daryosiga o`zini ehtiyosizligi oqibatida tushib daryoda cho`kib ketganligi to`g`risidagi ma`lumot viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 16:00larda xabar kelib tushgan. Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, zudlik bilan voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruxi hamda Pop tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in-qutqaruv guruxi etib borib dastlabki suv osti va suv usti qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi.
Hozirda ham Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruxi va Pop tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in-qutqaruv guruxidan 20 nafar hamda ko`ngillilar tomonidan joyiga chiqqan xolda suv osti va suv ustida qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.