15 sentyabr kuni Andijon viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi Savay bekatida xavfsizlikni ta`minlash bo`linmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoiy harakatning oldi olindi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti ma`lum qildi.
Unga ko`ra, Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumanidagi ko`mir tarqatish omboriga 2021-2022 yil uchun qishki mavsumga aholi va byudjet tashkilotlari uchun kelgan ko`mir mahsulotlarini sotayotgan shaxslar aniqlangan.
Fuqarolarning shaxsi aniqlanganda, ulardan biri ombor ishchisi 1995 y.t. D.J. hamda 1996 y.t. J.J. va 1996 y.t. I.e.lar ekani aniqlangan.
Ikki shaxs o`zaro til biriktirib «Kamaz» rusumli avtomashinaga 18 720 kg. ko`mir mahsulotini yashirin ravishda hech qanday hujjatlarsiz sotib daromad topish maqsadida Qo`rg`ontepa tumani Guliston MFY hududiga to`kkan vaqtlarida TXTB xodimlari tomonidan aniqlanib ushlandi.