AsosiyJamiyat

"O`g`lini avtomobil urib yuborgan ota" yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi

'"O`g`lini avtomobil urib yuborgan ota" yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "O`g`lini avtomobil urib yuborgani haqida ota murojaat qilmoqda" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 01:30 larda Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumani hududidan o`tgan 4R20 “Qorasuv –Bekobod” avtomobil yo`lining 8-kilometrida haydovchi, 1980 yilda tug`ilgan T.M. boshqaruvida bo`lgan "Matiz" hamda haydovchi 1978 yilda tug`ilgan G.E. boshqaruvida bo`lgan "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`lgan.

YTH oqibatida "Damas" haydovchisi boshqaruvni yo`qotib yo`lning o`ng tomonida turgan 2007 yilda tug`ilgan piyoda A.K.ni urib yuborgan.

Olib borilgan dastlabki tergov oldi surishtiruv jarayonlarida “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi Nurafshon shahar tibbiyot bo`limi shifokorining xulosasiga ko`ra, mast holda ekanligi aniqlangan.  

 Mazkur YTH yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 2-qismiga ko`ra jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar