AsosiyJamiyat

Qozog`istonlik avtoblogerni to`xtatgan buxorolik GAI qovun tushirdimi?

'Qozog`istonlik avtoblogerni to`xtatgan buxorolik GAI qovun tushirdimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Qozog`istonlik avtoblogerni to`xtatgan GAI xodimi qovun tushirdi" sarlavhasi bilan tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 16 sentyabr kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahar, Islom Karimov ko`chasida YPX xodimi B.G`afurov tomonidan me`yoriy hujjatlarni tekshirish maqsadida "Toyota Land Cruiser" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrda 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo`l harakati qoidalari O`zbekiston Respublikasi hududida yo`l harakatining yagona tartibini belgilaydi.

Videoda YPX xodim va haydovchi o`rtasidagi muloqot aks etgan bo`lib, haydovchi tomonidan hujjatlarni tekshirish maqsadida to`xtatilganligiga e`tiroz bildirilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrda 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga asosan, YPX xodimi transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun haydovchi boshqaruvidagi trasnport vositasini to`xtatishi mumkin.

Haydovchi to`xtatilgan joyga YPX xodimining guruh komandiri kelgan va haydovchi bilan muloqotga kirishib, O`zbekistonga mehmonga kelganligini inobatga olib, tushuntirishlar bergan va yo`lda davom etishiga ruxsat bergan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar