Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanidagi maktablarda ta`lim olayotgan jami 41 nafar o`quvchida koronavirus aniqlangan. Bu haqda tuman Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi rahbari ma`lumotiga tayanib QALAMPIR.UZ ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yakkabog` tumanida joylashgan 2-sonli maktabda 5 nafar, 5-sonli maktabda 31 nafar, 83-sonli maktabda 1 nafar, 27-sonli maktabda 4 nafar o`quvchi koronavirus bilan kasallangan.
Tuman hokimligi Matbuot xizmati rahbari Sherzod Hasanovning ta`kidlashicha, ayni vaqtda maktablarning masofaviy ta`limga o`tishi bilan bo`g`liq holatlar ko`rib chiqilmoqda.