AsosiyJamiyat

Andijondagi vaqtincha ish faoliyati to`xtatilgan bog`chada yong`in sodir bo`ldi

'Andijondagi vaqtincha ish faoliyati to`xtatilgan bog`chada yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon shahar 2-mikrorayondagi bog`cha yonyapti” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Favqulotda vaziyatlar vazirligi holat bo`yicha ma`lumot berdi. 

Unda aytilishicha, bugun, 20 sentyabr kuni soat 11:30 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Andijon shahar 2-kichik dahasida joylashgan 38-bolalar bog`chasi hududida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko`ra, yong`in-qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga etib borgan va yong`in qisqa muddatda to`liq bartaraf etilgan.  

Aniqlanishicha bog`chada ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli vaqtincha ish faoliyati to`xtatilgan. Yong`in oqibatida bog`cha hadudida 2 kv.m maydonda qurilish chiqindilari va xas-xashaklar yongan.    

Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.

Hozirda yong`in sababi aniqlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar