AsosiyJamiyat

Jurnalist Saidjon Maxsumov o`limiga sabab bo`lgan Xorazmdagi ayanchli avtohalokat haqida ma`lumot berildi

'Jurnalist Saidjon Maxsumov o`limiga sabab bo`lgan Xorazmdagi ayanchli avtohalokat haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Sal avval xabar qilganimizdek, "Xalq so`zi" gazetasi jurnalisti, "Xalq so'zi online" nashri bosh muharriri Saidjon Maxsumov mudhish avtohalokatga uchrab, halok bo`ldi.

IIV YHXBB Axborot xizmati mazkur mudhish YTH bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, kecha, 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Sarimoy qishlog`i hududidan o`tgan A-380 "G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lining 493-kilometrida, haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan A.M. boshqaruvidagi "Tacuma" rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug`ilgan B.M. boshqaruvida bo`lgan "Isuzu" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada, "Tacuma" rusumli avtomobil haydovchisi A.M. hodisa joyida, ushbu avtomobil yo`lovchilari S.M. (tah: jurnalist Saidjon Maxsumov) shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q.lar shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal`a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar