AsosiyJamiyat

Jurnalistning o`limiga sabab bo`lgan Tuproqqal`adagi YTH yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

'Jurnalistning o`limiga sabab bo`lgan Tuproqqal`adagi YTH yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Avvalroq, kecha, 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal`a tumani, Sarimoy qishlog`i hududidan o`tgan A-380 "G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lining 493-kilometrida, haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan A.M. boshqaruvidagi "Tacuma" rusumli hamda haydovchi, 1970 yilda tug`ilgan B.M. boshqaruvida bo`lgan "Isuzu" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik. 

Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi. 

Unda aytilishicha, Tuproqqala tumanida  "Tacuma" rusumli transport vositasi "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga to`qnashganligi bo`yicha IIV YHXBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshiruv davomida YTH joyi va boshqa tafsilotlar to`liq o`rganilib, to`qnashuv sabablariga aniqlik kiritiladi.  

"️Barcha haydovchilardan yo`llarda qoidalarga rioya qilishlarini, tungi vaqtlarda o`ta ehtiyotkor bo`lishlarini so`raymiz",–deyiladi YHXBB axborotida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar