Surxondaryoda "Nexia-3" voyaga etmagan qizaloqni urib yubordi. Natijada qizcha voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 18 sentyabr kuni tahminan 15 00da "Nexia 3" rusumli avtomashina Denov–Oltinsoy yo`lidan o`tayotgan vaqtida yo`lovchini tushiradi.
Voyaga etmagan qizaloq onasi bilan avtobusdan tushib, orqa tomonidan o`tayotgan vaqtida yo`ldan harakatlanib kelayotgan avtomashina uni turtib yuboradi.
Qizaloq voqea joyida vafot etgan.
"Barcha ota-onalardan voyaga etmagan farzandlariga yo`llarda e`tiborli bo`lishlarini, haydovchilardan belgilangan tezlik me`yoriga, qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz",–deyiladi xabarda.