Ombudsman qiynoqqa solish holatlarini o`rganish maqsadida Xorazmdagi ayrim hududlarni ko`zdan kechirdi.
Bu haqda uning axborot xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra, Xorazmdagi quyidagi ob`ektlar monitoring qilingan:
- 11-sonli tergov hibsxonasi;
- Xorazm viloyati IIB Ma`muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo`ljallangan maxsus qabulxona;
- Muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazi;
- Viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat filiali;
- Viloyat jinoyat sudlaridagi sudlanuvchilarni vaqtincha saqlash xonalari.