O`zbekistonda 2021 yilning olti oyida 2544 nafar mansabdor shaxs korrupsiya bilan bog`liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan. Davlat va jamiyatga etkazilgan zarar hozircha 592 mlrd so`m. Bu haqda deputut Rasul Kusherbaev o`z telegram sahifasida yozmoqda.
"Bu rekord ko`rsatkich! Chunki, 2020 yil davomida 1723 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilib, davlat va jamiyatga etkazilgan zarar 500 mlrd so`mni tashkil etgan edi",–deydi deputat.
Kusherbaevning fikricha, bundan ikkita xulosa kelib chiqadi:
birinchisi, o`tgan yillar davomida ham korrursiya holatlari ko`p bo`lsa-da, uni fosh etish ko`rsatkichi kam bo`lib, yashirishga harakat qilingan;
ikkinchisi, 2021 yilda mansabdorlarning korrupsiyaga moyilligi soni keskin oshgan va bu ularga korrupsiya bilan shug`ullanishga sharoit yaratib qo`yilayotgani bilan bog`liq bo`lishi mumkin.
Ma`lumotlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo`mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori axborotini eshitishga bag`ishlangan tadbirida e`lon qilingan.