AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim muassasalarida super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi

'Oliy ta`lim muassasalarida super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi'ning rasmi

2021/2022-o`quv yili qabulida bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko`ra to`plagan ballari tasdiqlangan to`lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq etmagan, 56,7 balldan kam bo`lmagan holda, qo`shimcha ravishda o`qish istagini bildirgan abiturientlarning birinchi o`quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to`lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to`lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, tabaqalashtirilgan to`lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022 o`quv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bitta talabani to`lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to`lov-kontrakt bo`yicha o`qitish qiymati qo`llanilishi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abiturientlarga belgilangan tabaqalashtirilgan to`lov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar