1

Qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo`natmoqchi bo`lgan ayolga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 30.09.2021, 09:42
Qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo`natmoqchi bo`lgan ayolga sud hukmi o`qildi

Navoiyda 2021 yil 11 aprelda Andijon viloyatidagi O`zbekiston va Qirg`iziston chegara punkti orqali qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga olib chiqib ketayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan “Go`zal” taxallusi bilan nom qozongan fuqaroga sud hukmi o`qildi.

“Go`zal” joriy yilning 22 mart kuni Navoiy shahrida joylashgan “Shuhrat” kafesida D.N. bilan tanishib, unga Turkiya davlatida fohishalik qilish yo`li bilan daromad topishni taklif qilgan. Keyin uning suratlarini Telegram tarmog`i orqali Turkiya davlatidagi tanishlariga yuborgan.

Navoiy viloyati sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo`yicha bosh konsultanti Aziza Ro`zievaning ma`lum qilishicha, Navoiy shahar sudining hukmiga ko`ra, “Go`zal”ga 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1