1

Bo`stonliqqa dam olish uchun ketayotgan fuqarolar mashinasi jar yoqasida turib qoldi (video)

Jamiyat 30.09.2021, 11:24
Teglar: Bo`stonliq
Bo`stonliqqa dam olish uchun ketayotgan fuqarolar mashinasi jar yoqasida turib qoldi (video)

Bo`stonliqqa dam olish uchun ketayotgan fuqarolar mashinasi jar yoqasida turib qoldi.

FVV voqea yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni bir guruh fuqarolar Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumaniga dam olish maqsadida boradilar. Uyga qaytayotgan vaqtda avtomobil haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo`qotadi va avtotransport jarlik tomon harakatlanib, qiyalikda turib qoladi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chimyon yong`in-qutqaruv otryadiga xabar kelib tushgan. Xabarga ko`ra, otryad qutqaruvchilari voqea joyiga etib borib, fuqarolarga zarur  amaliy yordam ko`rsatadilar va qiyalikdagi avtomobil yuqoriga olib chiqiladi.  

"Vaziyat oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q",–deyiladi xabarda

Sharhlar

Bo`stonliqdagi “Nanay” ko`prigi yopildi

08.09.2022, 10:58

Bo`stonliq tumani “Nanay” MFYga olib boruvchi ko`prik ta`mirlash ishlari sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, “Chorbog` suv ombori halqa yo`li”ning...
Toshkent viloyatiga ko`chgan Finlyandiya: "kraska", sement va hatto mix ishlatilmagan ekokottejlar...

20.05.2022, 17:01

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Chimboylik qishlog`ida (Oqtosh) yangi yangi dam olish maskanining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi bilan hamkorlikda...
Bo`stonliqda “Navqiron jurnalistlar” media-oromgohi ish boshladi (foto)

12.07.2021, 16:42

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosasiyasi joriy yilning 2 aprel kuni O`zEOAVMA a`zolarining umumiy yig`ilishida “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” milliy media dasturini tayyorlab qabul...
Bo`stonliq tumanida savdoga qo`yilgan erlar haqida bilasizmi? (foto)

04.05.2021, 12:59

Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Chorvoq” erkin sayyohlik zonasi va Bo`stonliq tumani hokimligi tomonidan turizm loyihalarini amalga oshirish uchun taklif qilingan va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1