AsosiyJamiyat

Navbatdagi tezyurar poezd poytaxtga kirib keldi

'Navbatdagi tezyurar poezd poytaxtga kirib keldi'ning rasmi

Afrosiyob elektropoezdining uzoq kutilgan harakatlanuvchi tarkibi yaqindagina Toshkentga etib keldi.

 Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" xabar berdi.

Unga asosan, Rossiyaning Sankt-Peterburg portidan yo`lga chiqqan poezd  shu yilning 16 sentyabrida Ispaniyaning Bilbao portidan kemada kelgan.

2019 yilning iyun oyida "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Ispaniyaning "Patentes Talgo S.L.U." kompaniyasi bilan Talgo-250 seriyali ikkita tezyurar elektropoezd sotib olish uchun shartnoma imzolangan.

 Ispaniya kompaniyasi o`z navbatida, majburiyatlarini to`liq va vaqtida bajargan.

Ta`kidlanishicha, ushbu harakatlanuvchi tarkib ketma-ket oltinchisi bo`lib, investisiya loyihasi doirasida sotib olingan. 

Qayd etilishicha, ikkita poezddan tashqari, ispan kompaniyasi to`rtta zaxira ekonom-klassli vagonlar, shuningdek, poezdlarga texnik xizmat ko`rsatish uchun uskunalar etkazib beradi. Shartnoma Ispaniya kompaniyalarini korporativ xalqarolashtirish jamg`armasi krediti hisobidan moliyalashtiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar