AQShning O`zbekistondagi elchixonasi barcha turdagi vizalarni taqdim etish xizmatini qayta tikladi. Bu haqda elchixona veb-saytida xabar qilindi.
Dastlab O`zbekiston fuqarolari va rezidentlarining arizalari qabul qilinadi. Ayrim norezident ariza egalaridan tashqari O`zbekistonda mehmon bo`lib turgan shaxslar viza olish uchun ariza topshira olmaydi.
Xabarga ko`ra quyidagi:
F-1, F-2, M-1, M-2 (talabalar);
J-1, J-2 (almashuv dasturlari);
C1/D (tranzit va ekipaj a`zolari);
E (shartnoma bo`yicha investor);
H1B/H4 (maxsus soha ishchilari);
I (matbuot va jurnalistlar uchun);
L1/L2 (kompaniyalararo ko`chish);
(noyob yutuq yoki qobilyatga ega shaxslar);
P (sportchilar, rassomlar va kinochilar);
norezidentlar: E, H1B, L, O va P.
B1/B2 (biznes va sayyohlik) kabi vizalar uchun arizalarni qabul qilishni davom ettiradi.
AQSh elchixonasi 1 oktyabrdan boshlab Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining (CDC) yangi siyosatiga muvofiq immigrasion vizalar va K-vizalarini oluvchilar uchun COVID-19 ga qarshi to`liq emlanishlari zarurligini eslatdi. Barcha murojaatchilar tibbiy ko`rikdan oldin emlanishlari zarur.