AsosiyJamiyat

Shanba va yakshanba kunlari yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari vaqtincha berilmaydi - DXA

'Shanba va yakshanba kunlari yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari vaqtincha berilmaydi - DXA'ning rasmi

Shanba va yakshanba kunlari haydovchilik guvohnomalari vaqtincha berilmaydi.

 Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi Cevara Zakirova ma`lumot berdi.

Unga asosan, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi elektron tizimida texnik-profilaktik tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan, 2021 yilning 2-3 oktyabr (shanba va yakshanba) kunlari eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmati vaqtinchalik ko`rsatilmaydi.

 "Xizmatdan foydalanish uchun 4 oktyabr, dushanba kunidan ro`yxatdagi Davlat xizmatlari markazlariga hamda IIBB YHXB bo`limlariga murojaat qilishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar