AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sentyabr oyida koronavirusdan qancha odam vafot etgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda sentyabr oyida koronavirusdan qancha odam vafot etgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Sentyabr oyida yurtimizda koronavirus infeksiyasidan 154 nafar, pnevmoniyadan 58 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

2021 yil 1 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 174879 (+471) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-19 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-15 nafari Andijon viloyatida,

-10 nafari Buxoro viloyatida,

-9 nafari Jizzax viloyatida,

-6 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-5 nafari Navoiy viloyatida,

-15 nafari Namangan viloyatida,

-44 nafari Samarqand viloyatida,

-12 nafari Sirdaryo viloyatida,

-3 nafari Surxondaryo viloyatida,

-28 nafari Farg`ona viloyatida,

-11 nafari Xorazm viloyatida,

-102 nafari Toshkent viloyatida,

-192 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 169866 (+495) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1245 nafarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, 2021 yil 1 oktyabr kuni 59 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 27276 nafarga etdi. Kecha ularning 92 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 25550 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 233 nafarga etdi.

 

    Boshqa yangiliklar