AsosiyJamiyat

Jizzaxda 8 yoshli bolaning quritishga qo`yilgan odeyaloga loy oyog`ini artishi fuqarolar o`rtasida katta janjalga sabab bo`ldi

'Jizzaxda 8 yoshli bolaning quritishga qo`yilgan odeyaloga loy oyog`ini artishi fuqarolar o`rtasida katta janjalga sabab bo`ldi'ning rasmi

2021 yilning sentyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda “Ayollar o`rtasida janjal bo`ldi” izohi ostida videotasvirlar tarqatildi. 

Ayni paytda Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu voqea Jizzax viloyati G`allaorol tumani Do`stlik mahallasida ro`y bergan bo`lib, videotasvirlarda mazkur hududda yashovchi ikki oila vakillarining kelishmovchiligi aks etgan. Nizoga 2013 yilda tug`ilgan bolaning shu mahallada yashovchi fuqaro tomonidan quritishga qo`yilgan odeyaloga loy oyog`ini artishi sabab bo`lgan. Buni ko`rgan odeyalo egasi bolani qarg`agan va janjal yuz bergan.

Voqea haqida ma`lumot olinishi bilan hududga 2 nafar profilaktika inspektori etib borib, kelishmovchilikni barataraf etish choralarini ko`rishdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar