AsosiyJamiyat

Namangan va Toshkent viloyatlarida qor yog`di (video)

'Namangan va Toshkent viloyatlarida qor yog`di (video)'ning rasmi

Avvalroq O`zbekistonda 1 oktyabrdan harorat keskin pasayishi, hatto ayrim hududlarda qor ham yog`ishi mumkinligi xabar qilingan edi. 1 oktyabrdan 2 oktyabrga o`tar kechasi "Qamchiq" dovonidan qor yog`di. Tabiatning kutilmagan hodisasiga guvoh bo`lganlar ijtimoiy tarmoqlarda hodisa haqidagi videolarni ulashishdi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Chimgan baland tog`liklariga qor yog`ayotgani aytilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, garchi, "O`zgidromet"ning baland Chimgan meteorologik kuzatuv stansiyasida +5 daraja iliq harorat kuzatilayotgan bo`lsada, viloyatning dengiz sathidan 2,3 kmdan yuqori tog`liklarda harorat nol darajadan pasaygan.

Eslatib o`tamiz, sentyabr oyi o`rtalarida Qashqadaryo viloyatida dengiz sathidan taxminan 3000 metrgacha baland joylashgan Hisor tog` tizmalarida qor yoqqani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar