O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni Andijonda eng ko`p va Navoiyda eng kam. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar qilmoqda.
Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 1 216 tani tashkil etgan.
Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 11 taga ko`p.
Hududlar bo`yicha faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni:
-Andijon viloyati – 154 ta
-Toshkent shahri – 147 ta
-Farg`ona viloyati – 126 ta
-Samarqand viloyati – 109 ta
-Namangan viloyati – 108 ta
-Toshkent viloyati – 93 ta
-Buxoro viloyati – 89 ta
-Qashqadaryo viloyati – 88 ta
-Surxondaryo viloyati – 62 ta
-Xorazm viloyati – 56 ta
-Jizzax viloyati – 54 ta
-Qoraqalpog`iston R. – 51 ta
-Sirdaryo viloyati – 42 ta
-Navoiy viloyati – 37 ta






