AsosiyJamiyat

Ohangaronda sodir bo`lgan YPX xodimlari va fuqarolar o`rtasidagi janjal bo`yicha tekshiruv boshlandi

'Ohangaronda sodir bo`lgan YPX xodimlari va fuqarolar o`rtasidagi janjal bo`yicha tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Ohangaronda YPX xodimlari va fuqarolar o`rtasida tortishuv" sarlavhasi ostida video tarqalgan. 

Holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, 2021 yil 1 oktyabr kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o`tuvchi A-373a "Olmaliq-Toshkent" avtomobil yo`lining 1-kilometrida YPX xodimi A.Karaev tomonidan "KIA CARNIVAL" rusumli avtomobil to`xtatilgan.

Tekshiruv davomida transport vositasining yon oynasi ruxsatsiz qoraytirilganligi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 126-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda ushbu avtomobil yo`lovchisi hamda atrofda bo`lgan yana bir piyoda telefon orqali holatni videotasvirga olgan.

YPX xodimi ushbu jarayonda yo`lovchiga tasvirga olmaslikni so`rab e`tirozlar bildirgan va o`zaro tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv davomida YPX xodimining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi, deyilgan rasmiy munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar