AsosiyJamiyat

Qarshidagi mebel korxonasida yong`in yuz berdi, 3 kishi halok bo`ldi

'Qarshidagi mebel korxonasida yong`in yuz berdi, 3 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar «Kat» MFY hududida joylashgan mebel korxonasida yong`in sodir bo`lishi oqibatida uch kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, kecha, 1 oktyabr kuni soat 09:10 da viloyat FVBga Qarshi shahar «Kat» MFY, Nasaf ko`chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asoslanib yong`in bo`layotgan joyga 5 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi jo`natilgan. Ular soat 09:13 da voqea joyiga etib borgan. Soat 09:16 da yong`in qurshab olingan va soat 09:26 da o`chirilgan.

Ta`kidlanishicha, yong`in oqibatida korxonaning taxminan 200 metr kvadrat maydoni ichidagi mahsulotlar yonib ketgan. Qutqaruvchilar tomonidan 800 metr kvadrat maydon va undagi mahsulotlar yong`indan asrab qolingan.

Shuningdek, yong`inda kuygan 3 nafar fuqaro qutqarilib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filialiga yuborilgan. Biroq, ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ular vafot etgan.

Hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar